Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bedarak yo‘qolgan taksichining jasadi mashina yukxonasidan topildi. Qotillikda koloniyadan qochgan 3 kishi gumonlanmoqda
Andijon-Toshkent yo‘nalishida taksichilik qilgan fuqaro Toshkentga yo‘lovchi olib ketib, bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi Toshkentdagi avtoturargohda turgan Cobalt yukxonasidan topildi. Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Foto: t.me/MILITSIYA_UZB
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov andijonlik taksichi Toshkent viloyatida o‘ldirib ketilgani to‘g‘risida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirib, qotillikda gumonlanuvchilar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
8 yanvar kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.Latipova tuman IIBga murojaat qilib, 7 yanvar kuni uydan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 31 yoshli farzandi M.Otaxonovni topishda amaliy yordam so‘ragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, M.Otaxonov Cobalt avtomashinasida Andijon—Toshkent yo‘nalishida qatnab, aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatib kelgan. U 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Shahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11 650 dollarni Toshkent shahridagi tanishiga olib borib berish uchun olgan hamda notanish bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi bilan birga o‘z avtomashinasida Toshkent shahri yo‘nalishida ketib, bedarak yo‘qolgan.
M.Otaxonov qotillik qurboni bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi avtoturargohda Cobalt avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvchi Qo‘qon shahar hududidan ushlangan va tergovga jalb qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu shaxslar Yangi yil arafasida Ohangaronda joylashgan manzil koloniyadan qochib ketgan.
Bundan oldinroq Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalaridan qochgan uch nafar mahkum shu yil 4 yanvar kuni Namangan-Toshkent yo‘nalishidagi taksi haydovchisining oyoq-qo‘llarini bog‘lab, avtomashina yukxonasiga solib, mashinani Jizzaxga haydab ketishgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
-
Toshkentda 7 nafar bola uydagi hovuzda cho‘kdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

08:30 / 04.07.2025
Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

21:14 / 29.06.2025
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

20:39 / 11.04.2025