Samarqanddagi mahallaga yangi hisoblash uskunalari o‘rnatilmagani uchun bir yildan buyon gaz berilmayotgani aytildi

O‘zbekiston 11:53 / 10.01.2022 1044

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Chakka mahallasi aholisi bir yildan buyon gaz ta’minotisiz yashab kelayotgani haqida murojaat tarqalgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali munosabat bildirdi.

Munosabatda ma’lum qilinishicha, Samarqand tumani “Mirishkor” MFYga qarashli Chakka mahallasida tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun “Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

“Mahallani tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun mavjud ichki gaz tarmoqlaridagi texnik kamchiliklar bartaraf etilishi va aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi. Mazkur ishlar amalga oshirilgandan so‘ng Chakka mahallasining tabiiy gaz bilan ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: