O‘zbekistonga 500 ming dozadan ortiq Moderna olib kelindi

O‘zbekiston 11:25 / 10.01.2022 4376

10 yanvar kuni O‘zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, endilikda O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 3 500 460 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Moderna vaksinasining 3 million 60 dozasi 2021 yilning 30 iyul kuni O‘zbekistonga olib kelingan edi. Vaksina AQSh tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi doirasida ajratilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: