O‘zbekistonda omikron aniqlangani nima uchun oradan ikki kun o‘tib e’lon qilingani tushuntirildi

O‘zbekiston 17:00 / 10.01.2022 9371

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev bu haqda ma’lumot berdi.

“Omikron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu tashxis bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmadi va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi”, dedi Xolmamat Norboyev.

Avvalroq, O‘zbekistonda omikron shtammi aniqlangan xorijlik bilan bir samolyotda kelgan barcha yo‘lovchilar karantinga olingani xabar berilgandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Umidulla Risqiyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan 16 ta maxsus tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalar soni zarurat tug‘ilsa, 132 ta, koykalar sonini esa 32 mingtaga yetkazish imkoni bor.

Ko‘proq yangiliklar: