O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston 19:30 / 10.01.2022 4076

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Tez orada savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. 

Qayd etilishicha, tashrif doirasida turli sohalarda aniq loyihalar ijrosi ham ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: