Novak Jokovich Avstraliyadan deportatsiya qilinadi

Jahon 15:10 / 10.01.2022 6303

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich yana hibsga olindi va u Avstraliyadan deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Eurosport.

10 yanvar kuni Avstraliya federal sudi Jokovichning vizasi bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorga nisbatan bergan apellyatsiyasini qanoatlantirgan va uning Melburndagi mehmonxonadan karantindan chiqarilishiga ruxsat bergandi.

«Novakning otasi jurnalistlarga u yana hibsga olingani va sud qaroriga qaramasdan, Avstraliyadan deportatsiya qilishni mo‘ljallashayotganini ma’lum qildi»,— deyiladi Eurosport xabarida.

Tennischi 17 yanvar kuni boshlanadigan Australian Open turnirida qatnashishi lozim edi. Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagani sababli pasport nazoratidan o‘ta olmagan.

Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Jokovich koronavirusga qarshi emlanishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytgandi.

Novak Jokovich — Australian Open musobaqasining to‘qqiz karra va amaldagi g‘olibi.

Ko‘proq yangiliklar: