Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 400ga yaqinlashdi

O‘zbekiston 11:50 / 10.01.2022 9925

SSV kunlik kasallanishlar soni yana ortgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda qariyb 390 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 3 kishi vafot etgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 9 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 200730 (+389) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 44 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 51 nafari Toshkent viloyatida,
  • 193 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 8 nafar,
  • Samarqand viloyatida 12 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 32 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197182 (+109) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1497 nafarni tashkil qildi.

«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov «omikron» boshqa shtammlarga qaraganda anchagina yuqumli va qisqa muddatda aholining katta qismini zararlashi mumkinligini aytgandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: