JSST vakili pandemiyaning oxiri ko‘rinayotganini aytdi

Jahon 17:07 / 10.01.2022 9785

Dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq murakkab vaziyat yana kamida uch oy davom etadi, ammo pandemiyaning oxiri ko‘rinmoqda. Bu haqda The Guardian JSST vakiliga tayanib xabar berdi.

"Biz marafonni bosib o‘tyapmiz va uning oxiridamiz deb bo‘lmaydi – uning oxiri ko‘rinmoqda, ammo hali uzoq. Unga yetib borgunimizcha yana bir nechta to‘lqin bo‘ladi", - dedi JSSTning COVID bo‘yicha maxsus vakili David Nabarro.

Uning qo‘shimcha qilishicha, navbatdagi to‘lqinlar qanchalik og‘ir bo‘lishini aytish qiyin.

Nabarro shuningdek, kasallik yilda ikki-uch marta jiddiy avj olishi mumkinligi to‘g‘risidagi taxminlarga izoh berdi.

"Bu fikrga qo‘shilaman, menimcha, virusning avj olishi davom etadi va COVID bilan yashash unga shay holatda turish kerakligini anglatadi", - dedi JSST vakili.

Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi olimlari koronavirusning “omikron” shtammi COVID-19 pandemiyasini yakunlashi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: