Hafta oxirida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston 11:38 / 10.01.2022 19605

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 11-13 yanvar kunlari respublika hududlari bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 13 yanvarda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘adi.

Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin chekinadi va hafta o‘rtasiga kelib, havo harorati kechalari 3-6 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 9-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

14 yanvarda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4 darajaga ko‘tariladi va qish faslining o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3-5 darajaga yuqori bo‘ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: