Nazarboyev Xavfsizlik kengashi raisligini ixtiyoriy ravishda topshirgan - elboshining matbuot kotibi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z ixtiyori bilan Xavfsizlik kengashi rahbarligidan ketishga qaror qilgan. Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayning bayonotiga asoslanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi.

Pavel Aleksandrov / TASS
Elboshi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Nazarboyev «tartibsizliklar va terror mamlakat rahbariyatidan operativlik, qat’iyat va murosasizlik bilan javob qaytarilishini talab etishini yaxshi anglagan».
Nazarboyev va To‘qayev doim «barrikadaning bir tomonida turib, xalq, mamlakat va millat kelajagini muhofaza qilishi» qayd etilgan.
U, shuningdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Nazarboyev to‘g‘risida «yolg‘on mish-mishlar va provokatsion xabarlar» tarqalayotganidan qayta ogohlantirdi.
Qozog‘istonda norozilik namoyishlari boshlanganidan buyon Nursulton Nazarboyevning o‘zi biror marta omma oldiga chiqmadi va hech qanday bayonot bermadi. Uning matbuot kotibi avvalroq Nazarboyev Qozog‘istonda ekanini va prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan aloqada bo‘lib turganini aytgan, elboshi barchani prezident atrofida birlashishga chaqirishini qo‘shimcha qilgandi.
Nursulton Nazarboyev 2019 yilda Qozog‘iston prezidenti lavozimini tark etgach, Xavfsizlik kengashining rahbari bo‘lgandi. U umrining oxirigacha mazkur lavozim vakolatlariga ega edi. Qozog‘istonda gaz narxi oshishi sababli boshlangan norozilik namoyishlari fonida 5 yanvar kuni Qozog‘istonning amaldagi prezidenti To‘qayev Nazarboyevning o‘rniga Xavfsizlik kengashi raisi vakolatlarini o‘ziga olganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

22:01 / 05.03.2025
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

10:35 / 04.03.2025