Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqi maksimal miqdori oshiriladi

O‘zbekiston 08:01 / 07.01.2022 14674

Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilab qo‘yilgan.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini tayyorlash, vazirlik va idoralar bilan kelishish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini 12 barobaridan kelib chiqqan holda “Pensiya” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ham nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: