Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitgan ta’lim muassasalariga imtiyozlar beriladi

O‘zbekiston 10:11 / 07.01.2022 2217

Qayd etilishicha, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.

Bunda:

  • tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotning xodimga ish haqi hisoblangani va daromad solig‘i to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda yagona milliy mehnat tizimidagi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • 12 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: