Kambag‘al aholiga yordam faqat ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali taqdim etiladi

O‘zbekiston 08:53 / 07.01.2022 4546

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash tizimi avtomatlashtiriladi. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” ijtimoiy himoya yagona reyestriga integratsiya qilinadi.

Kambag‘al aholi va kambag‘allik riskiga tushish ehtimoli yuqori aholiga taqdim etiladigan yordamlarni faqat ijtimoiy himoya yagona reyestri orqali amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida mavjud instrumentlarni yanada takomillashtirish va manzilliligini ta’minlash mo‘ljallangan.

Biznesning ijtimoiy mas’uliyati rag‘batlantiriladi. Bunda, birinchi navbatda, mehnat jamoasiga munosib oylik maoshlarni belgilash va ularga qo‘shimcha “ijtimoiy paket”lar taqdim etish, shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirib borish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Aholining ehtiyojmand qatlami tarkibini monitoring va baholab borish, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish mezonlarini hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini inobatga olib takomillashtirish mexanizmlarini tatbiq qilish ishlari amalga oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: