Hunarmandlarga o‘z faoliyatini boshlashi uchun subsidiyalar ajratiladi

O‘zbekiston 08:22 / 07.01.2022 2726

Qayd etilishicha, aholini hunarmandchilikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish mo‘ljallangan.

Tashqi va ichki bozorlarda hunarmandchilik mahsulotlari savdosini rivojlantirish, soha uchun zarur bo‘lgan xomashyo bazasini mustahkamlash va “usta-shogird” munosabatlarini rag‘batlantirishning yaxlit tizimi yaratiladi.

Hunarmandchilik faoliyati sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

“Usta-shogird” maktablari bitiruvchilarining mustaqil faoliyatini tashkil etishiga har tomonlama ko‘maklashish, jumladan, ularni asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha yengilliklar yaratiladi.

Har bir tuman va shaharda, shu jumladan ixtisoslashgan mahallalarda hunarmandchilikning “drayver” yo‘nalishlari rivojlantiriladi hamda sohada kooperatsiya va klasterlar faoliyati jonlantiriladi. 

Barcha tuman va shaharlardagi davlat xizmatlari markazlarida doimiy faoliyat yuritadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va savdo rastalari tashkil etiladi.

Tijorat banklari tomonidan oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilgan qismi faqat hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga qayta yo‘naltirib boriladi.

Hunarmand o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiyalar ajratish tartibi belgilanadi. Hududlarda namunaviy tipdagi hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlari tashkil qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: