Andijonda 67 nafar xodimning ish haqlari undirib berildi

O‘zbekiston 13:51 / 07.01.2022 1348

Andijon viloyatidagi unitar korxonaning 67 nafar ishchi va sobiq xodimlari korxonadan 244 million so‘mdan ortiq oylik maoshlarini ololmayotganidan norozi bo‘lib sudga murojaat qilishgan.

MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining qayd etishicha, mazkur da’vo asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi Andijon viloyatidagi unitar korxona tomonidan 67 nafar ishchi va sobiq xodimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 244 mln 179 ming 661 so‘m miqdoridagi oylik ish haqlarini undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqargan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan jami 244 mln 179 ming 661 so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik raqamlariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Ko‘proq yangiliklar: