Sirdaryoda tadbirkordan 10 million so‘m talab qilgan boshqaruv servis mutaxassisi ushlandi

Jamiyat 17:09 / 06.01.2022 566

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tadbirkordan 10 million so‘m talab qilgan boshqaruv servis mutaxassisi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, “K.U.” boshqaruv servis korxonasi mutaxassisi Sh.A. Guliston shahar Yangi hayot mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldidagi umumiy maydonni ta’mirlash ishlarini nazorat o‘lchovidan o‘tkazishda aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatmaslik va bajarilgan ishlarni 45 million so‘mga oshirib ko‘rsatish evaziga “K.S.” MChJ ish boshqaruvchisi R.dan 10 million so‘m talab qilib, shundan 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: