Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib harakatlangan viloyat hokimligi mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

O‘zbekiston 15:00 / 06.01.2022 18998

IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qoidalarni buzgan haydovchiga chora ko‘rilgan, mashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda viloyat hokimligiga tegishli mashina yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda, svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida, ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlanganligi aks etganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, mazkur Trailblazer mashinasi yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi E.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126- , 128-, 1284-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, mashina 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, davlat raqami 70 005 DAV bo‘lgan Trailblazer rusumli mashinadan Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov foydalanadi.

Ko‘proq yangiliklar: