O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Qozog‘istonda zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston 19:54 / 06.01.2022 12172

6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

«Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdilar.

Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bungacha O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, qo‘shni respublikadagi vaziyatni muhokama qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: