Biznes ombudsman chigit bilan bog‘liq muammo sabab Qashqadaryo hokimligini ogohlantirdi

O‘zbekiston 12:50 / 06.01.2022 17977

Munosabatda biznes ombudsman devoni tomonidan tegishli masala yuzasidan e’lon qilingan maqolada keltirilgan holatlarni o‘rganish va ishga oid zarur ma’lumotlarni to‘plash boshlangani aytilmoqda.

Xususan, holatga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi va IIBga so‘rov xatlari kiritilgan. 

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyat hokimligi biznes ombudsman tomonidan 5 yanvar kuni tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga doir qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘yicha ogohlantirilgan.

Munosabatda holat yuzasidan o‘rganish davom ettirilayotgani va natijasi bo‘yicha OAV xabardor qilinishi aytilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kun.uz surishtiruvlarini davom ettirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryodan chigit olib chiqish bilan bog‘liq muammo 2021 yilning 28 dekabrida boshlanmagan. Bir muddat avval aynan “Umakay” postidan yana boshqa tadbirkorlarning mahsulotlari YPX xodimlari hamrohligida qaytarib ketilgani va xarid qilingan joyga olib borib to‘kilgani bo‘yicha dalillar taqdim qilindi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ham masalaga aralashdi va viloyat hokimligi hamda IIBdan izoh talab qildi.

Ko‘proq yangiliklar: