2022 yilda prokurorlar, sudyalar va adliya xodimlarining ta’minoti qanchaga tushishi ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekiston 14:53 / 06.01.2022 5671

Hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqaruv, adliya, prokuratura, sudlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari xarajatlari e’lon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, 2022 yilda prokuratura organlari xarajatlari uchun 1 trillion 357 milliard so‘m (2021 yilda 1 trillion 375 milliard so‘m ajratilgan), adliya organlari uchun 178,9 milliard so‘m (146 milliard so‘m) yo‘naltiriladi.

2022 yilda sudyalarning xarajatlari budjetga 1 trillion so‘mga (635,5 milliard so‘m) tushadi. 

Ma’lumot uchun, 2020 yilda yuqorida ko‘rsatilgan tuzilmalarning ta’minoti xarajatlari ancha kam edi. Jumladan, o‘shanda prokuratura organlariga 869 milliard so‘m, adliya organlariga esa 432 milliard so‘m berilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: