Qozog‘iston hukumati gaz narxini tushirishga rozi bo‘ldi. Aqtaudagi namoyishchilar prezident bilan uchrashuvni talab qilmoqda
Qosim-Jo‘mart To‘qayev namoyishchilarga murojaat bilan chiqqan.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘iston hukumati aholining suyultirilgan gaz narxi ko‘tarilishiga qarshi noroziliklaridan so‘ng narxni tushirishga rozi bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyishchilar bilan uchrashgan va Mang‘istau oblasti uchun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanishini bildirgan.
"Interfaks" xabariga ko‘ra, Aqtaudagi miting ishtirokchilari tarqalishni istamayapti va mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning kelishini talab qilmoqda.
Ular chodirlar o‘rnatishgan va "To‘qayev kelmagunicha bu yerdan ketmaslik"larini aytishgan.
Tengrinews’ning xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti namoyishchilarga murojaat bilan chiqqan.
"Namoyishchilardan jamiyatimizdagi barqarorlik va birlikni izdan chiqarishdan manfaatdor buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga javob bermaslikni iltimos qilaman. Ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi boshqa talablar alohida ko‘rib chiqiladi", - deb yozgan u Twitter sahifasida.
Mang‘istau oblastida 2 yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid

13:36 / 11.03.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi

11:51 / 11.03.2025
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

22:01 / 05.03.2025