Norozilik namoyishlari fonida Qozog‘istonning Aqtau shahriga harbiy-transport samolyotlari yetib keldi – OAV
Xabar qilinishicha, Mang‘istau oblastida gaz narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchilari soni ko‘paymoqda, Aqtau shahriga milliy gvardiya harbiylari tashlangan, shahar hokimligi “bunday ma’lumotga ega emas”ligini bildirgan.

Foto: Tengrinews.kz.
Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti ma’muriy markazi Aqtau shahri aeroportiga ikkita harbiy-transport samolyotlari yetib keldi, deb xabar berdi KazTAG.
Agentlikning xabariga ko‘ra, gaz narxi oshishi sababli Mang‘istau oblastida norozilik namoyishi ishtirokchilari soni ko‘paymoqda, Aqtau shahriga milliy gvardiya harbiylari tashlangan. Ammo shahar hokimligi “bunday ma’lumotga ega emas”ligini bildirgan.
Oblastdagi ayrim ishchilar ish tashlash bilan tahdid qilgan.
Avvalroq 2 yanvar kuni Janao‘zan shahri aholisi gaz narxi ko‘tarilganidan norozilik bildirgani va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirishni talab qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
3 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika hukumatiga “Janao‘zandagi vaziyatni zudlik bilan ko‘rib chiqish” bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilgan.
O‘z navbatida, vazirlar mahkamasi Mang‘istau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilganini va gaz narxini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini bildirgan.
Mavzuga oid

13:36 / 11.03.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi

11:51 / 11.03.2025
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

12:30 / 06.03.2025