Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti va xarajatlari qancha bo‘lishi ochiqlandi

Foto: Jo‘qarg‘i Kenges
2021 yilning 30 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti haqida so‘z borgan.
Sessiyada Qoraqalpog‘istonning 2022 yilgi budjeti haqida Qoraqalpog‘iston moliya vaziri Mahmud Sodiqov bayonot qilgan.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Qoraqalpog‘iston budjetining daromadlari 2 trillion 356 milliard 196 million so‘m bo‘lishi rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘iston mahalliy budjeti xarajatlari esa 2022 yilda 3 trillion 874 milliard 217,6 million so‘m miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. Shundan ijtimoiy soha xarajatlari 2 trillion 586,8 milliard so‘mni tashkil qiladi.
Qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonning mahalliy budjet parametrlarida yana bir o‘zgarish bo‘ladi. 2022 yilning 1-yanvar kunidan boshlab, shahar va tuman budjetlarining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida yaratilgan loyihalarni moliyalash uchun yo‘naltiriladi. Natijada 2022 yil «Ochiq budjet» axborot portali orqali 98,7 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Bundan oldin Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev Qoraqalpog‘istonda 2022 yilda 509,4 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishini aytgandi.
Mavzuga oid

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

16:55 / 21.01.2025
Tramp AQShning boshqa davlatlarga yordamini 90 kunga to‘xtatdi

21:32 / 20.01.2025