Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 yanvar kuni O‘zbekistonda 88 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199118 (+88) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Bu 2021 yil mart oyidan buyon koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha eng past kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi - 15 mart kuni 65 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.
Shundan keyin kunlik holatlar soni 100tadan pastga tushmagan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 17 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 7 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 9 nafari Xorazm viloyatida,
- 4 nafari Toshkent viloyatida,
- 29 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 11 nafar,
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 4 nafar,
- Samarqand viloyatida 18 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 2 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
- Xorazm viloyatida 16 nafar,
- Toshkent viloyatida 20 nafar,
- Toshkent shahrida 28 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196337 (+119) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
2021 yilning so‘nggi kunida 127 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. 2021 yil 30 dekabr kuni so‘nggi olti oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmagandi.