Namanganda chevarxona yonib ketdi

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati
Namangan shahrida joylashgan chevarxonalardan birida 30 dekabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 12:09 da shahar FVB bo‘limiga «Ozod» mahallasi A.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli chevarxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga 12:14 da yetib borgan, soat 12:16 da yong‘in joyi o‘rab olingan. 12:45 da holat bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida chevarxona binosining shift va ichki qismidan 70 kvadrat metr joyi, tayyor va yarimtayyor mahsulotlar, 6 dona tikuv mashinasi, 1 dona kompyuter hamda hujjatlar yonib zararlangan. Fuqarolarning tan jarohati olishi va halok bo‘lishi holatlari kuzatilmagan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:37 / 16.03.2025
Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025