Xitoyda milliy jamoa futbolchilariga tatuirovka chizdirish taqiqlandi

Jahon 16:24 / 30.12.2021 4683

Xitoy sport boshqarmasi milliy jamoa futbolchilariga tatuirovka chizdirishni taqiqladi.

"Milliy jamoa va 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi sportchilariga tatuirovka chizdirish qat’iyan taqiqlanadi. Tatuirovkasi bo‘lgan sportchilarga ularni o‘chirish tavsiya etiladi", deyiladi boshqarma bildirishnomasida.

Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan va undan yosh terma jamoalarga tatuirovkasi bo‘lgan sportchilarni jalb etish qat’iyan taqiqlandi.

Qayd etilishicha, bu chora "xitoylik futbolchilarning ijobiy ruhiyatini namoyish etish va jamiyat uchun yaxshi namuna sifatida xizmat qilishiga" qaratilgan.

2018 yilda Xitoy hukumati tatuirovkasi bo‘lgan mashhur shaxslarni televizor orqali ko‘rsatishni taqiqlagandi.

Joriy yilning sentyabrida Xitoy telekanallarida “ayolsifat erkaklar”ni ko‘rsatish taqiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: