Umri davomida yerga bitta bo‘lsa-da ko‘chat qadamagan inson bo‘lmasa kerak. Xalqimizda ham «ko‘chat ek, mevasini o‘zing, o‘zing bo‘lmasa, farzandlaring yeydi», degan gap bejiz aytilmagan.
Ammo, ko‘chatchilik sohasida tajribali mutaxassislar – Shuhrat Abrorov va Abdulaziz Abduyunusov xalqimiz bugun bu qarashlarini o‘zgartirishi kerak, deya hisoblaydi.
Mutaxassislarga ko‘ra, bugun bog‘dorchilikka qo‘shimcha daromad, dasturxonga oz-moz meva berib turadigan faoliyat turi, deb emas, haqiqatda daromadli biznes, deya qarash vaqti keldi.
«Shundagina bizda bog‘dorchilikni yangi bosqichga olib chiqish mumkin», – deydi ular.
Quyida «Norchontol» ko‘chatchilik xo‘jaligi asoschilari – Shuhrat Abrorov va Abdulaziz Abduyunusovning ko‘chatchilikdagi dolzarb muammolar va sohani rivojlantirish borasidagi takliflari bilan tanishishingiz mumkin.
Siz ko‘chatchilik bo‘yicha taniqli mutaxassislar faoliyati va sohadagi yangiliklarni, shuningdek, quyidagi manzillarda ham kuzatib borishingiz mumkin.
Telefon: +99855 500 58 00
Telegram: @fruithouseorganics
YouTube: FRUIT HOUSE ORGANICS
Facebook: Fruit House Organics