"Ash-Shabob" jangarilari Somali markazidagi shaharni egallab oldi

Jahon 14:55 / 30.12.2021 5324

"Ash-Shabob" terrorchilik guruhi jangarilari Somali markazidagi Xirshabell shtatida joylashgan Balad shahrini egallab oldi. Bu haqda Garowe portali xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, jangarilar bir necha marta hujum qilish orqali shahar ustidan nazorat o‘rnatgan. Hozirda shaharda yuz berayotgan voqealar borasida ma’lumot berilmagan.

O‘tgan kunlar davomida jangarilar Galmudug shtatidagi bir nechta shaharni qo‘lga kiritgan. 

Somalida "Ash-Shabob" jangarilari 2008 yildan buyon turli portlashlar va hujumlar uyushtirib keladi. Guruh a’zolari soni yetti ming atrofida.

Ko‘proq yangiliklar: