“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ: korxona ikkita xalqaro auditorlik kompaniyasidan ijobiy audit xulosasi oldi

Jamiyat 18:59 / 29.12.2021 6584

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2019 hamda 2020 yillar uchun tayyorlangan xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlarining (IFRS) Katta to‘rtlikka kiruvchi (Big 4) PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan xalqaro auditorlik standartlariga muvofiq (IAS) audit tekshiruvi o‘tkazildi va ijobiy xulosa olindi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Shu bilan bir qatorda Jamiyatning MHXS asosida hisobotlarni tayyorlashda Jamiyat balansidagi asosiy vositalarni xalqaro standartlarga muvofiq haqqoniy qiymatini aniqlash maqsadida “KPMG Valuation and Consulting” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilib asosiy vositalarning bugungi kundagi bozor qiymatini shakllantirishga erishildi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Aytish o‘rinliki, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 24 fevralda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda hamda Jamiyatning xalqaro kredit reytinglarini olish yo‘lida qo‘yilgan dadil qadam desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi barcha korxonalarda hisob siyosati va buxgalteriya hisobi yuritilishi markazlashgan 1C dasturi orqali avtomatlashtirilgan holda yuritilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: