Belgiyada jamoatchilik bosimi tufayli kinoteatr va konsert zallarini ochishga qaror qilindi

Jahon 17:32 / 29.12.2021 2104

Belgiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli ilgari e’lon qilingan cheklov choralarining ayrimlarini bekor qildi.

Ma’lumot berilishicha, kinoteatr va konsert zallari faoliyatiga nisbatan joriy etilgan taqiq bekor qilindi.

Avvalroq teatr prodyuseri Mate Pent hukumatni o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish, cheklov choralarining noproporsionalligi, mehnat qilish huquqini buzish hamda madaniyatni taqiqlashda ayblagandi.

Shu bilan birga, qator kinoteatrlar hukumat cheklov choralarini adolatsiz deb hisoblab mazkur qarorni bajarishdan bosh tortgandi.

Ko‘proq yangiliklar: