Rossiya-Ukraina chegarasida 100 kilometrlik to‘siq paydo bo‘ldi

Jahon 21:49 / 27.12.2021 18125

Tikanli sim bilan o‘ralgan to‘siq Xarkov oblastidan boshlanadi va u bo‘ylab 15 ta kuzatuv kamerasi hamda 4 ta tezkor markaz o‘rnatilgan.

Lugansk chegara otryadi vakili Tatyana Letoshko ushbu to‘siq qoidabuzarlarni ushlashda yordam berishini, biroq ehtimoliy dushman hujumidan saqlay olmasligini aytgan.

Avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy Lugansk oblastining Rossiya bilan chegara qismiga tashrifidan keyin Rossiya va Belarus bilan chegaralarda devor qurishga va’da bergan. Uning aytishicha, bunday devorlar noqonuniy migratsiya, kontrabanda va dushmanning bostirib kirishidan saqlaydi.

Shu yil avgustida Ukraina chegara xizmati Rossiya bilan chegarani qo‘shimcha mustahkamlashga o‘tgandi.

Rossiya bilan chegarada devor qurishni 2014 yilda Ukrainaning o‘shandagi bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va’da qilgan. Loyiha transheyalar, zovurlar qurishni hamda kuzatuv minoralari va tayanch punktlari kabi maxsus obektlar o‘rnatishni ko‘zda tutgan.

Ko‘proq yangiliklar: