Kreml 2024 yilgi prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi

Jahon 15:44 / 27.12.2021 8504

Kremlda 2024 yilgi prezident sayloviga tayyorgarlik boshlandi. Bu mavzuga oid muhokamalar yoz faslidayoq boshlangandi, deb yozadi RBK o‘z manbalariga tayanib.

Prezident sayloviga oid mavzu tilga olingan yig‘ilishlarda amaldagi prezident Vladimir Putinning ehtimoliy kampaniyasi haqida so‘z borgan, degan agentlik manbalari.

«Aniq nomzod bilan bog‘liq kampaniya muhokama qilinmoqda. Hozircha boshqa variantlar yo‘q», — deb ta’kidlagan manbalardan biri.

Shu bilan birga, Kremldagi muhokamalarda Putin saylovda qatnashish borasida qaror qabul qilgani to‘g‘risida umuman so‘z bormagan.

Vladimir Putinning o‘zi 2024 yildagi saylovda qatnashishi masalasida hozircha bir qarorga kelmaganini aytgandi.

Aprelda Putin o‘ziga yana ikki marta davlat rahbarligiga saylanish imkonini beruvchi qonunni imzolagan. Hujjat Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq qabul qilingan.

Davlat dumasi 24 mart kuni Vladimir Putinning prezidentlikka qayta saylanish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatishga imkon beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: