Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi Pfizer tabletkasidan foydalanishga ruxsat berildi

Jahon 14:21 / 27.12.2021 2671

Janubiy Koreya hukumati Pfizer Inc kompaniyasining koronavirusga qarshi mo‘ljallangan tabletkasidan foydalanishga ruxsat berdi, deb yozadi Yonhap News.

Xabar qilinishicha, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari xavfsizligi vazirligi Paxlovid dori vositasidan koronavirusga qarshi foydalanish mumkin degan xulosaga kelgan.

Vazirlik xulosasiga ko‘ra, dastlabki sinovlar dori kasallikni og‘ir shaklda o‘tkazishi mumkin bo‘lgan bemorlarning shifoxonaga yotish va o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatgan. Paxlovid 12 yoshdan katta bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.

O‘tgan haftada AQShda Paxlovid dorisidan foydalanishga ruxsat berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: