Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul meriyasining 500dan ko‘proq xodimi terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda gumonlanmoqda

Foto: Pixabay
Turkiya ichki ishlar vazirligi mamlakatning eng yirik shahri – Istanbul meriyasining 500dan ko‘proq xodimiga nisbatan tergov boshlaganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, muxolifat tomonidan boshqariluvchi meriya xodimlari terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda gumonlanmoqda.
Jumladan, 455 xodim Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan, 102 xodim esa boshqa so‘l radikal tashkilotlar bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.
“Vazirligimiz Istanbul meriyasi xodimlariga nisbatan tergov boshladi. Ular ustidan terrorchi tashkilotlarga aloqadorliklari yuzasidan shikoyat kelib tushgan”, deb aytilgan vazirlik bayonotida.
Istanbul meri, asosiy muxolif Xalq-respublika partiyasi a’zosi Akrom Imomo‘g‘lu vazirlikning ushbu bayonotini tanqid ostiga olgan.
“Men Istanbulga xizmat qiluvchi birodarlarim bilan birgaman, ular 86 mingni tashkil qiladi. Men ularning huquqlari poymol qilinishiga yo‘l bermayman. Keling, aybdorlar bilan oxirigacha kurashaylik. Oilamiz – Istanbul meriyasiga hujum qilayotganlar o‘zlari kutmagan birdamlik va kuchga to‘qnash kelishini bilsin”, deb yozgan Istanbul meri Twitter’da.
Imomo‘g‘luning aytishicha, mamlakat ichki ishlar vazirligi “gumonlanuvchilar kimligini aytib va ularga hukm chiqarib bo‘lib, so‘ngra ularga nisbatan tergov o‘tkazadi”. U meriya xodimlarini ishga yollash jarayoni ularning ichki ishlar vazirligi tomonidan tekshirilishini ham o‘z ichiga olishini eslatib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

08:48 / 15.06.2025
Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

08:48 / 12.06.2025