«Mossad»ning sobiq rahbari davlat sirini oshkor qilganlikda ayblanmoqda

Jahon 20:04 / 25.12.2021 8384

Isroilning «Mossad» tashqi razvedka xizmati sobiq rahbari Yosi Koen o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan styuardessa va uning o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘iga davlat sirlarini oshkor qilgani haqidagi tergov hisobotidan keyin keskin tanqidlarga uchradi.

Mamlakatdagi sobiq amaldorlardan biri Koenning xatti-harakatlariga «aqldan ozdiruvchi kuch» sabab ekani va uning ishlari pastroq mansabdor shaxsning qamoqqa olinishiga olib kelishi mumkinligini aytgan.

O‘ng qanot ekspertlar va ijtimoiy media foydalanuvchilari avvalroq Koenning yaqin sherigi, sobiq bosh vazir Binyamin Netanyahuni qo‘llab-quvvatlagani kabi, unga nisbatan e’lon qilingan ayblovlarni ham rad etishgan.

Mamlakatdagi 13-kanalning HaMakor tergov dasturida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Koenning styuardessa bilan munosabatlari 2018 yil oxirida boshlangan va u er-xotinga josuslik agentligining butun dunyo bo‘ylab operatsiyalari haqidagi turli xil maxfiy tafsilotlar bilan maqtangan, shuningdek, ularga tashkilotning global sayohatlari haqida ma’lumot bergan.

Ko‘proq yangiliklar: