Merkel hukumati ketishidan bir necha kun oldin qariyb 5 mlrd dollarlik qurol eksportiga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi

Jahon 15:37 / 25.12.2021 11961

Angela Merkel rahbarligidagi Germaniya sobiq hukumati boshqaruvning oxirgi to‘qqiz kuni davomida 4,91 mlrd dollarlik qurol eksportini ma’qullagan. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vazirligiga tayanib Germaniya OAV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu o‘tgan to‘qqiz oy davomidagi miqdordan ko‘proqni tashkil etadi. Natijada Germaniya 2021 yilda 9,04 mlrd yevrolik qurol eksportiga ruxsat bergan. 

Eksportga mo‘ljallangan qurollarning aksariyatini Yaman va Liviyadagi nizolarga aralashgani uchun tanqid qilingan Misr olishi lozim. 

Iqtisodiyot vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya hukumati almashguniga qadar Misrga 4,34 mlrd yevrolik qurol eksport qilish ma’qullangan.

Shu bilan birga, 29 noyabrdagi hisobotda Misrga atigi 0,18 mlrd yevrolik qurol yetkazib berilishi aytilgan. Bu esa oxirgi to‘qqiz kun ichida Merkel hukumati Misrga 4 mlrd yevrodan ortiq miqdordagi qurolni eksport qilishga ruxsat berganini anglatadi.

Qayd etish joizki, bu vaqtda Merkel hukumati vaqtinchalik vazifa bajaruvchi maqomida bo‘lgan. Odatda, bunday davrda hukumat jiddiy siyosiy qarorlar qabul qilmaydi, deb yozadi dpa agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: