Yaponiyada ekrandagi taom ta’mini uzatuvchi televizor ishlab chiqildi

Foto: Kim Kyung-Hoon/Reuters
Yaponiyaning Meydzi universiteti professori Gomey Miyasita ekranida namoyish qilinuvchi taomning ta’mini uzata oluvchi televizor prototipini ishlab chiqdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Miyasita buning uchun Taste the TV (Televizorni tatib ko‘r) deb nomlangan qurilma yaratgan. U turli aromatizatorlardan iborat 10 ta tyubikni o‘z ichiga olgan. Ushbu “ta’mlar” aralashtirilib, televizorda ko‘rsatiluvchi taom ta’mini hosil qiladi. So‘ngra olingan ta’m suyuqlik ko‘rinishida televizor ekrani ustidagi gigiyenik plyonkaga surtiladi. Taom ta’mini his qilish uchun esa plyonkani yalash kerak bo‘ladi.
“Bundan maqsad odamlarga uyda qolgan holda o‘zlarini go‘yoki dunyoning narigi burchagidagi restoranga tashrif buyurgandek hisni berishdan iborat”, deb aytgan loyiha muallifi.
Yaponiyalik professor 30 nafar talabadan iborat jamoa bilan birgalikda ishlab, ta’m bilan bog‘liq ko‘plab qurilmalarni ishlab chiqishgan. Taste the TV’ni yaratish uchun jamoaga bir yil vaqt talab etilgan. Olimning ta’kidlashicha, agar u qurilmaning sotuvga mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, unda istovchilar uni 100 ming yyendan sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Miyasita kelgusida oshpazlikka masofadan o‘rgatuvchi dastur hamda ta’m bilan bog‘liq o‘yinlar va viktorinalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

18:46 / 05.09.2023
Bolalar uchun mo‘ljallangan Kivi Kids TV televizori taqdim etildi

22:37 / 20.01.2023
Belarusda shaffof televizor yaratildi

09:23 / 15.11.2022
O‘zbekistonga import televizorlar asosan Xitoydan olib kelinyapti

10:47 / 16.12.2021