Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi
2022 yil yakuniga qadar barcha bolalar musiqa va san’at maktablariga ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari bepul yetkazib beriladi.

Foto: Getty Images
Ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar (matn, nota yozuvi, illyustratsion materiallar, Brayl yozuvidagi kitoblar va audiokitoblar) bazasini kengaytirish borasida chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bu prezidentning «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi 2022 yil yakuniga qadar barcha bolalar musiqa va san’at maktablariga ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari bepul tarzda yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil yakuniga qadar:
a) o‘quv materiallarining audiokitoblarini va audio tasmadagi yozuvlarni yozib olish, Brayl yozuvidagi kitoblarni tayyorlash hamda ta’lim muassasalariga yetkazib berish tadbirlarini amalga oshiradi;
b) alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularga yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2022 yilda tarmoq vazirliklariga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

20:57 / 17.02.2022
Nogironligi bor shaxslarga nafaqa tayinlashdagi adolatsizlikka barham berildi

10:04 / 31.01.2022
Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni ma’lum qildi

19:03 / 10.01.2022