Samarqandda xotini bilan janjallashib 1 yoshga to‘lmagan o‘g‘lini o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Jamiyat 13:25 / 20.12.2021 10717

Samarqand shahrida xotini bilan janjallashib qolgach, jahl ustida 1 yoshga to‘lmagan o‘g‘lini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining informatsion dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahri Go‘ro‘g‘li ko‘chasida yashovchi oilada er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ayol erining aytganini qilmagani uchun erkak qasd olish maqsadida uning qo‘lidagi 1 yoshga to‘lmagan bolani olib 2-3 marta boshi bilan yerga urgan. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘lgan. Uning joni uzilganini ko‘rgan erkak voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lmagan. Uning onasi ham erkakning aybsizligini aytgan. Ammo guvohlar va jabrlanuvchining ko‘rsatmalari bir xil chiqqan va erkakning jinoyati tasdiqlangan. Shuningdek, dastlabki tergov harakatlarida erkak bolani qanday o‘ldirganini so‘zlab bergan.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining «v» va «j» bandlari bilan aybdor deb topgan. Unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: