Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilning eng yaxshi smartfonlari ma’lum qilindi
Android Authority portali tahririyati 2021 yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxatini tuzdi. Reytingga Google Pixel 6 modeli yetakchilik qilmoqda.

Foto: Android Authority
Portal talqiniga ko‘ra, 600 dollarlik Pixel 6 smartfoni undan qimmatroq turuvchi Pixel 6 Pro kabi funksiyalarni taklif qiladi.
“Shubhasiz, Google Pixel 6 narx va sifat jihatidan 2021 yilda ishlab chiqarilgan eng yaxshi smartfondir”, deb aytilgan portalda.
2-o‘rinni Samsung Galaxy S21 Ultra egalladi. Reyting mualliflarining fikricha, ushbu model Samsung taklif qilishi mumkin bo‘lgan “eng yaxshi jihatlar bilan ta’minlangan”.
“Agar siz telefonga mo‘maygina pul sarflay olsangiz, unda Galaxy S21 Ultra’da quvvatlagichdan tashqari, siz istagan barcha narsa bor”, deb ta’kidlab o‘tishgan reyting mualliflari.
3-o‘rinni Pixel 6 Pro va Galaxy Z Fold3 smartfonlari egallagan. Ikkala qurilma ham teleobektivlar bilan jihozlangan.
Keyingi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli - iPhone 13 va 13 Pro Max egalladi. Reyting mualliflari Apple smartfonlari bunday “past” baholanganini ular o‘tgan yilgi modellardan uncha farq qilmasligi bilan tushuntirishgan. Ta’kidlanishicha, ming dollardan qimmatroq turuvchi gadjet Apple taklif qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi mahsulotga ega bo‘lishni istovchi foydalanuvchilargagina muhim. Aksariyat foydalanuvchilarga 600-800 dollar turuvchi modellar kifoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
-
O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:12
-
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

20:45 / 22.04.2025