“Ham o‘g‘lim, ham qizim oqqon bilan kurashadi” – xasta farzandlar sinovidagi ona iztiroblari

Jamiyat 12:34 / 19.12.2021 6652

Ularning so‘zlarini shunchaki tinglab bo‘lmaydi: onalarning hasrati ko‘zni yoshlasa, bolalarning o‘kinchi qalbni og‘ritadi. Oilalardagi bir emas, bir nechta bolalarning dard changaliga tushishi – ayanchli hikoyalarda aks etadi.

“Ona, men o‘lmayman-a?...”

Madinaxon yosh bo‘lsa ham o‘ta ziyrak va aqlli qizaloq. Shu bilan birga xasta ham. Oqqon tufayli shifoxonaning jonlantirish bo‘limlarini ham ko‘rgan. Qizchaning ota-onasi uchun bu birinchi sinov emas. Ularning yana bir farzandi shunday kasallikka chalingan. Ketma-ket dardga chalingan bolalarni davolatish oilani moddiy qiyin ahvolga soldi.

“O‘g‘lim shu kasallik aniqlanib, juda qiynalgandik. Uni tuzalib qoldi deganda qizimda ham oqqon aniqlandi”deydi bemorning onasi Atirgul Ubaydullayeva.

Madina Abduaxasovaga oid kartalar onasi Atirgul Ubaydullayeva nomida:

O‘zkard: 8600 0609 2314 0652

Humo: 9860 0301 4787 8323

Viza: 4231 2000 0741 6711

“Kasal bo‘lganim uchun kechiring, onajon!”

Shahboz tabiatan sabrli, yigitlarga xos matonat, chidamlilik bilan sog‘ayishini kutadi. O‘zining ayni charchoq bilmas, jo‘shqin damlarini xastalikda o‘tkazayotganidan, ota-onasi uni deb tashvishga qolayotganidan qattiq o‘kinadi. Ularni qiynab qo‘ygani uchun kechirim so‘raydi. Dardning og‘riqli damlarini ham ularga sezdirmaslikka, tishni tishga bosib yengishga harakat qiladi.

Shahboz To‘laganovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 1204 8753 4904 onasi Mavluda Islomova nomida

Humo: 9860 0101 3682 4058 otasi Sodiq Islomov nomida

“Bir emas ikki o‘g‘lim og‘ir dard bilan olishadi”

Bu oilaning bir emas, ikki o‘g‘loni og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lgan. Kenja farzandlari 3 yasharligidayoq qandli diabetga chalingan edi. Uni davolatish uchun uzoq muddat va tinimsiz muolajalar olishga to‘g‘ri kelgan. Ammo yillar o‘tib katta o‘g‘ilga ham oqqon tashxisi qo‘yildi.

Ikki farzandning dardini birga tortayotgan onasi xavotirlar ichida yashayotganini aytadi: “Tong otishi bilan bolamning ahvoliga qarayman: ko‘zlariga, rangiga, lablariga e’tibor beraman. Odamlardan qon olib yashayapti. Tuzalib ketishiga umidim bor. Turmush o‘rtog‘imning ham ko‘zini operatsiya qildirdik. Hozir og‘ir ish qilish mumkin emas”.

Akobir Shodiyevga oid oid kartalar onasi Navbahor Tursunova nomida:

O‘zkard: 8600 0423 5705 0847

Humo: 9860 1801 0117 6766

Viza: 4187 2000 0028 2285

Yaxshi kunlardan umidvor xasta qiz o‘kinchi

“Dugonalarim bilan birga o‘qishga borishni, oilamiz bilan bir davra bo‘lib o‘tirishni judayam xohlayman. Kasalxonada yotganimda o‘sha kunlar ko‘z oldimdan o‘tadi. Shu kunlarni sog‘inaman, yana qaytishiga ishonaman” – bu 16 yoshli bemor qizning so‘zlari. Yoshlik chog‘larining serzavq onlarini og‘riqlar girdobida o‘tkazayotgan qizning ishonchi butun.

Sevinchning ko‘zidagi shashqator yosh qizning tan og‘rig‘idan ham ko‘proq azob beruvchi ko‘ngil og‘riqlaridan darak beradi.

Sevinch Abdurahimovaga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0451 3096 4077 onasi Sayyora Oripova nomida

Humo: 9860 0301 0156 8522 otasi Abdurashid Oripov nomida

Xastalarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning qalb og‘riqlarini duolar bilan aritish barchamizning imkonimiz darajasidagi ish. Oramizda o‘zganing dardini o‘z dardi kabi qabul qilib, madad bo‘lishni istagan vatandoshlarimiz ko‘pligi shubhasizdir.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,

tasvirchi Azimjon Vohidov.

Ko‘proq yangiliklar: