«Bundan keyin shahar hokimligining obektlarni investorlarga berishda o‘ylab ish qilishi nazoratga olinadi» - Senat
17 dekabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakunlari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tadbirda Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i, uni rekonstruksiya qilish uchun olgan «investorlar»ning ishonchni oqlamagani va bog‘ni investorlarga berishda buzilgan shaffoflik shartlari haqida ham so‘z bordi.
«Shahar hokimining hisobotini eshitarkanmiz, biz ham unga birinchi o‘rinda G‘afur G‘ulom bog‘i haqida savol berdik. Maqsad — u yerda odamlar uchun dam olish imkoniyatlarini saqlab qolish.
Hali u yerda shartnomalar bo‘lmagan, lekin shartnoma bo‘lgan taqdirda ham birinchi masala parkda odamlar uchun dam olish imkoniyatlarini saqlab qolish bo‘ladi», – dedi senator Tolibjon Madumarov.
Senatning yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayevga ko‘ra, yaqin orada senatorlar parkning investorlarga qanday shartlar asosida berilgani va bog‘ rekonstruksiyasi nega kechiktirilayotgani bo‘yicha o‘rganish boshlaydi.
«Buni tez orada qo‘mitamiz bilan chiqib o‘rganamiz. Nega shuncha vaqtdan beri investor bog‘ rekonstruksiyasi bo‘yicha faoliyatini boshlagani yo‘q?
Qarorda bu masala ham aksini topyapti. Biz bu masalani o‘rganib, albatta shahar sessiyasida muhokama qilamiz.
Bundan keyin shahar hokimligining obektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», – dedi senator.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025