Samarqandda aholiga tarqatiladigan unni ortishga borgan mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgani aytildi

Jamiyat 20:10 / 17.12.2021 1386

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani aholisiga tarqatiladigan unni olish uchun Narpay tumaniga borgan yangi mashina hali raqami olishga muddati bo‘lishiga qaramasdan jarima maydonchasiga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni soat 15.30larda Qo‘shrabot tumani “Buloqboshi” MFYda yashovchi O.M. shu tumanda joylashgan MChJga tegishli bo‘lgan “Havo” yuk mashinasini Narpay tumani hududida boshqarib ketayotganda viloyat IIB YHXB YPXB 4-YPX otryadi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Hujjatlarni tekshirish paytida haydovchi mashinani tegishli yo‘l varaqasisiz boshqargani aniqlangan va unga nisbatan planshet moslamasi yordamida elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, mashina YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan vaqtda uning yukxonasida hech qanday yuk bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: