Aktiv savdo bo‘yicha kamida 1 yillik tajribangiz bo‘lsa va quyidagi talablarga mos bo‘lsangiz “Boshliq yordamchisi” lavozimi siz uchun!
• B2B Savdo yo‘nalishida ish tajribasiga ega bo‘lish;
• Jadvallarda hisobot yuritish uchun Excel dasturida ishonch bilan ishlay olish;
• Rus va o‘zbek tillarida bemalol so‘zlasha olish;
• Kompaniya ichki tartib qoidalariga amal qilish;
• Tez o‘rganish va turli vazifalarni bir vaqtda bajara olish qobiliyati;
• Ish vaqti soat 9:00 dan 18:00 gacha, 6/1
Takliflarimiz quyidagicha:
• Barcha qulayliklarga ega, avtomatlashtirilgan shinam, keng va zamonaviy ofis;
• Yuqori malakali xodimlar jamoasi yordamida ish o‘rganish imkoniyati;
• Bepul, sifatli va mazali tushlik;
• Oylik maoshi oyda ikkiga bo‘lib avans va oylik ko‘rinishida;
• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga rasmiylashtirish;
• Qimmatli trening va vebinarlarda ishtirok etib malaka oshirish imkoniyati;
• Mutaxassisligingiz bo‘yicha bilimlaringizni oshirish uchun yorug‘ va keng kutubxona;
Eslatma: ish haqi suhbatdan so‘ng kelishiladi!
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Novza ko‘chasi, 12 uy. Avtobus — 84, 113. Metro — Milliy bog‘ bekati. Mo‘ljal: “O‘zbekfilm”