Vizasiz va hech qanday cheklovlar yo‘q: Asialuxe Travel Maldiv orollariga tashrif buyurishni taklif qiladi

Jamiyat 09:00 / 16.12.2021 10041

Qish iliq mamlakatlarga kutilmaganda sayohat uyushtirish uchun ideal vaqt. Asialuxe Travel milliy turoperatori Maldiv orollariga tashrif buyurishni taklif qiladi, axir u yerga viza kerak emas, uchib borganda cheklovlar yo‘q, islomiy davlat va narxlar hamyonbop.

Foto: Asialuxe Travel 

Hech qanday cheklovlar yo‘qligi va ortiqcha hujjatlar kerak emasligi rostmi?

Ha, bu rost. Faqatgina xorijga chiqish pasporti, onlayn-anketa va salbiy PZR-test javobi kerak. Malega yetib borganingizda, kerakli orolgacha 20-40 daqiqali qulay transfer mavjud. Viza, uchib borganda karantin, qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish kerak emas.

Maldiv oilaviy dam olish uchun to‘g‘ri keladimi?

Foto: Asialuxe Travel 

Maldiv – bu oilaviy dam olish uchun ajoyib qaror. Enaga mavjud bo‘lgan bolalar zonalari, uch mahal ovqatlanish va oroldagi qo‘riqlash qulayligi dam olishdan maksimal darajada zavqlanishga imkon beradi. Bundan tashqari, har bir kun – bu ham kattalar, ham bolalarga mos keladigan turli shou-dasturlar kaleydoskopidir.

Qayd etish joiz, Maldiv orollarida suv juda tinch va qulay, bolalar okeanda qo‘rquvsiz suzishlari mumkin. 

Maldiv plyajlarida odam ko‘pmi? Xususiy basseyn bo‘yicha takliflar mavjudmi?

Foto: Asialuxe Travel 

 

Plyajlarda odamlar ko‘p emas. Shuningdek, plyajga alohida chiqish, xususiy basseyn hamda okeanning o‘ziga chiqish va quyoshli vannalar uchun shaxsiy shezlonglarga ega villalar bor. Odatda odamlarni umumiy restoran yoki suv mashg‘ulotlari vaqtida uchratasiz. Hatto orolda o‘zingizni yolg‘izdek his qilishingiz ham mumkin, lekin bu unday emas. Maldiv orollarining afzalligi ham aynan shunda.

Maldiv islomiy davlat ekanligi rostmi?

Ha. U yerda islom qoidalariga rioya qilinadi. Masalan, Male shahrining o‘zida alkogol topa olmaysiz. Alkogol sotish va tarqatish taqiqlangan (litsenziyasi bor mehmonxonalardan tashqari). Har bir orol-mehmonxonada ham ayollar, ham erkaklar uchun alohida masjidlar bor. Ko‘ngilochar dasturlarda ochiq shoular yo‘q. Xodimlar va mahalliy aholi esa musulmon mehmonlarni ko‘rishdan xursand bo‘lishadi.

Foto: Asialuxe Travel 

Maldiv qimmatmi? 

Yo‘q. Asialuxe Travel milliy turoperatori mehmonxonalarning katta tanlovini taklif qiladi: mehmon uylardan boshlab, premium darajadagi mehmonxonalargacha.

Masalan, turoperator assortimentida Maldiv orollariga bir kishi uchun 12 mln so‘mdan boshlanadigan turistik to‘plamlar mavjud. Narxga asosiy xarajatlar kiradi: aviachiptalar, transfer, nonushtalar bazasida ovqatlanish, ikki kishilik xonada yashash va COVID-19 bilan kasallanib qolganda, xarajatlarni qoplaydigan sug‘urta.

Qanday qilib uchib ketish mumkin?

Foto: Asialuxe Travel 

Reyslar quyidagi sanalar bo‘yicha har hafta qulay Uzbekistan Airways avialaynerlarida amalga oshiriladi:

22.12.2021 – 29.12.2021

29.12.2021 – 02.01.2022

02.01.2022 – 05.01.2022

05.01.2022 – 09.01.2022

09.01.2022 – 12.01.2022

12.01.2022 – 16.01.2022

16.01.2022 – 19.01.2022

19.01.2022 – 26.01.2022

26.01.2022 – 02.02.2022

Uchish vaqti necha soat? To‘g‘ridan to‘g‘ri reys bormi? 

Asialuxe Travel milliy turoperatori faqatgina to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshiradi. Uchish davomiyligi 6,5 soatni tashkil qiladi. Reysni amalga oshirish vaqtida, kompaniya yaxshilangan turdagi bort yeguliklarini taqdim etadi. Parvoz davomida har bir yo‘lovchiga gazak, salat, desert, qaynoq va salqin ichimliklar taklif qilinadi, eng muhimi asosiy taomlar mol yoki tovuq go‘shtidan bo‘ladi. Barcha taomlar Halal belgisiga ega.

Asialuxe Travel milliy turoperatori Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan kompleks turistik to‘plamlarni taklif qilishdan xursand. Kompaniya sayti yoki telefon raqami orqali turistik to‘plamlar va aviachiptalar narxlari bilan tanishish va ularni oldindan band qilish mumkin: www.asialuxe.uz, +998712017777.

Foto: Asialuxe Travel 

Shuningdek, Maldiv orollariga turlarni O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida buyurtma qilishingiz mumkin.

Telefon raqamlari: +998712017777

Manzil: Said Baraka ko‘chasi, 24 (bosh ofis)

Sayt: www.asialuxe.uz

Telegram: @asialuxe

Telegram-guruh: t.me/my_asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

O‘zbek tilidagi qaynoq turlar: t.me/asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: