Jahon | 23:22 / 16.12.2021
5236
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya mahkumlar uchun Kosovodagi qamoqxonalarni ijaraga oladi

Kosovoga sud qarori bilan Daniyadan deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklar jo‘natiladi.

Foto: imago

Daniya mamlakat jazoni ijro etish tizimini isloh qilish doirasida Kosovodan mahkumlar uchun 300ta o‘rinni ijaraga oladi. Bu haqda Daniya adliya vazirligi ma’lum qildi.

Kosovoga sud qarori bilan Daniyadan deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan xorijliklar jo‘natiladi.

"2025 yilga borib, qamoqxonalar sig‘imi 1000 o‘ringa qisqaradi. Biz Kosovodan mahbuslar uchun joylarni ijaraga olishga hamda qisqa va uzoq muddatli istiqbolda Daniya qamoqxonalaridagi o‘rinlar sonini oshirishga qaror qildik", - dedi adliya vaziri Nik Hekkerup.

Qamoqxonalarni isloh qilish uchun 4 mlrd krona (530 mln yevro) ajratilgan.

Hozirda aholisi 5,8 mln nafar bo‘lgan Daniyada 4 mingga yaqin mahkum jazo o‘tamoqda. Jazoni ijro etish muassasalari soni kamaymoqda, mahkumlar soni esa o‘smoqda. Ularning aksariyati besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

 

Mavzuga oid