Tunnelning uzunligi 500 metr, kengligi 17 metrni tashkil etib, loyiha bo‘yicha soatiga 3200 ta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega.
Yangi inshootning ochilish marosimida viloyat hokimi Farhod Ermanov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etdilar.
Bunday yerosti avtomobil yo‘li Respublika viloyatlari ichida ilk bor Xorazmda bunyod etilmoqda. Uning qurilishida 140 ta maxsus texnika hamda 1800 nafardan ziyod malakali injyenerlar, quruvchi va ustalar mehnat qildilar.
Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari shahardagi eng tirband yo‘llardan bo‘lib, al-Xorazmiy ko‘chasida sutkasiga o‘rtacha 18 ming, Islom Karimov ko‘chasida 14 ming dona transport vositasi harakatlanadi. Yerosti yo‘li qurilishi natijasida ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etilishi kutilmoqda.
Yerosti yo‘li qurilishi bilan birga Qirg‘izyop kanalining shu hududdan oqib o‘tuvchi qismi yangidan betonlashtirildi, zamonaviy panjaralar o‘rnatilib, obodonlashtirish ishlari bajarildi.
«Jaloliddin Manguberdi xiyoboni»ning asosiy elementi – ot ustida qilich o‘ynatib turgan sarkarda haykalining ochilish tadbiri keyinroq o‘tkaziladi.