TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining QS xalqaro reytingdagi ko‘rsatkichi yanada mustahkamlandi

Jamiyat 22:37 / 15.12.2021 4867

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarorida TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025 yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish vazifalari belgilangan.

Bu borada 2021 yilning 15 dekabr kuni QS xalqaro reyting agentligining «Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalarining (QS World University Rankings: Emerging Europe and Central Asia)” 2022 yilgi reytingi e’lon qilindi.

Unda O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib reytingga kirgan  TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti 2021 yilgi reytingda 271 o‘rin egallagan bo‘lsa, 2022 yilgi reytingda 60 pog‘ona yuqorilab,  211-o‘rinda qayd etildi.

Quvonarlisi shundagi, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yildan yilga oshirib bormoqda, ya’ni 2020 yilda 334-o‘rinda, 2021 yilda 271-o‘rinda va 2022 yilgi reytingda 211-o‘rinni qayd qilib, QS World University Ranking YeYeSA’ning 47 foizlik eng ilg‘or universitetlari qatoridan joy oldi.

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti axborot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: