Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda YPX xodimi faoliyatiga xalaqit bergan fuqaro 10 sutkaga qamaldi
Haydovchiga yo‘l-patrul xizmati xodimi bilan tortishgani, unga e’tirozlar bildirib, xizmat faoliyatiga xalaqit bergani uchun qamoq jazosi tayinlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida yo‘l-patrul xizmati xodimi va Cobalt haydovchisi o‘rtasida tortishuv bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, videoda haydovchi multiradar bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimga nisbatan e’tirozlar bildirib, qo‘pol munosabatda bo‘lgan va tortishuv yuzaga keltirishi natijasida atrofda fuqarolar to‘plangan.
IIV YHXBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan tegishli hujjatlar to‘plangan va holat 2021 yil 13 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida o‘rganib chiqilgan.
“Fuqaro Sh.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ko‘plab YTHlarga tezlik sabab bo‘layotgan bir vaqtda, tezyurar, uchar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyatiga xalaqit bermaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
-
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida
Jahon | 21:18
-
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi
O‘zbekiston | 21:17
-
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi
O‘zbekiston | 21:11
Mavzuga oid

18:52 / 02.08.2024
Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi

17:12 / 02.08.2024
Chiroqchi tumani hokimi fuqaroga tarsaki tushirdi

08:18 / 31.12.2023
Qashqadaryoda svetoforda to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

19:23 / 13.12.2023