2018 yilning 28 sentabr kuni MJ Developers O‘zbekiston hukumati bilan 100 million dollarlik sarmoya shartnomasini imzoladi. 2019 yilda o‘zaro mahsulot aylanmasi 329,6 million dollarni tashkil qildi.
Namanganda faoliyatimizni boshlaganimizga ikki yil, Minerva City loyihasi boshlanganimizga esa bir yil bo‘ldi. Biz O‘zbekistondagi 4 ta yirik loyihaga katta miqdorda sarmoya kiritdik va faoliyatimiz davomidagi ayrim voqealarni siz bilan baham ko‘rish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
Qaysidir ishlarimiz yaxshi ketdi, ba’zan esa qiyinchiliklarga duch keldik, menimcha, bu har qanday biznes uchun muqarrar, - deydi janob Jalan.
Asosiy g‘oya – «niyat yaxshi va shaffof bo‘lishi kerak», bu – biz MJda amal qiladigan tamoyil.
Poytaxtning biznes tumanidagi kichik loyihani amalga oshirish o‘rniga, nega yirik loyihalarga sarmoya kiritishga qaror qilganimiz haqida bir necha asosiy fikrlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman.
Odatda, har bir kishi boshqa mamlakatga kelganida yangi narsalarni sinab ko‘rishni xohlaydi, ammo bizning qarashimiz biroz boshqacha edi. Nafaqat loyiha ishlab chiqish, balki mahalliy va xalqaro bozor e’tiborini tortadigan loyiha yaratish. Agar siz xorijiy sarmoyadorlar e’tiborini jalb qilmoqchi bo‘lsangiz, konsepsiya va dizayn nuqtai nazaridan yangilik kiriting. Bu xalqaro bozorda qadrlanadi.
Shuningdek, loyihamiz ko‘lami mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratish, O‘zbekiston bozoriga turli texnologiyalarni joriy etish imkonini berdi.
Dubaydagi development – klassik misol. Shahar qiyofasi bir necha yillar davomida shakllanib kelmoqda, bugungi kunda u dunyodagi eng taniqli shaharlardan biridir. Bunday miqyosdagi loyihalar katta vaqt resurslarini talab qilishini yashirmaymiz. Maqsadimiz – loyihamizni o‘z muddatida va hatto undan oldinroq ham yakunlash.
Ayni damda Toshkentda aholi turmush tarzi ehtiyojlarini qanoatlantirish bo‘yicha yetarli qulayliklar mavjud emas, ko‘ngilochar soha kam rivojlangan. Loyihamizni yaratishda yangi yondashuvdan foydalanamiz va jahon darajasidagi turmush tarzi uchun kerak bo‘lgan barchasini birlashtirishga intilamiz. Biz uydan ishgacha va uyga qaytguncha bo‘lgan masofada to‘liq hayot sikliga e’tibor qaratamiz – tug‘ilishdan boshlab, shifoxona-yu ta’lim muassasalarigacha (maktablar), ko‘rkam sport maydonlaridan tortib oliy ta’lim muassasalarigacha (universitetlar), shoping va ko‘ngilochar savdo maydonlarigacha, bularning hammasida hatto katta yoshdagi insonlar uchun ham ko‘plab qulayliklar mavjud».
Hindiston, BAA va ayniqsa, Rossiyada erishgan muvaffaqiyatlaridan so‘ng janob Jalan O‘zbekistondagi so‘nggi ijobiy o‘zgarishlar tufayli, O‘zbekistonga qurilish uchun eng istiqbolli bozorlardan biri sifatida e’tibor qaratdi.
«Bizning uzoqni ko‘zlagan rejalarimiz bor va yana kimdir bu kabi orzu qilishga jur’at eta olmasa kerak. Qurilish ko‘lami kichik shaharlar qurilishi bilan barobar. Biz boshqa ishlab chiquvchilarga nisbatan farqli yo‘ldan borishni va mamlakatga nou-xau va sifatli, o‘zgacha texnologiyalarni olib kelishni xohladik, shuning uchun dastlabki bosqichda biz loyihamiz qarashlarini tushunish va unga amal qilish uchun ma’lum bir sur’atni oldik. Biz texnologiyaga millionlab dollar sarmoya kiritgan birinchilardanmiz va bugungi kunga kelib Koreyaning S-form texnologiyasidan foydalanayotgan yagona tashkilotmiz. Albatta, bu arzon texnologiya emas, lekin bu tezlik va sifatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».
«Biznesda biz asosiy tamoyilga amal qilamiz – ko‘proq harakat, kamroq so‘z», - deydi janob Jalan. Agar niyatingiz to‘g‘ri bo‘lsa, biznes bilan shug‘ullanayotgan vaqtingizda duch kelishingiz mumkin bo‘lgan negativ va safsata sizni tashvishga solmaydi. Biz ba’zi bosqichlarda erisha olgan progress salbiy lahzalar – mish-mishlar yoki kompaniya nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qora piarlar bilan bog‘lanishi mumkin, ammo, keling, faktlar bilan gapiraylik.
Biz 4 ta loyihadagi yutuqlarimizni baham ko‘rmoqchimiz:
Mehmonxona loyihasi
- 5 yulduzli mehmonxona – Hyatt Regency, Buxoro
Buxoro shahridagi 223 nomerga ega birinchi 5 yulduzli mehmonxona va Hyatt brendidan ikkinchi 5 yulduzli mehmonxona uchun karkas ishlari va ichki pardozlash ishlari yakunlandi.
Aqlli shahar loyihalari
- Namangan shahridagi Namangan Square (18 ga).
9 ta bino qurilish jarayonida, ulardan 3 tasini yaqin oylarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan, infrastruktura parallel ravishda rivojlantirilmoqda.
- Toshkent shahridagi Minerva City (100 ga).
Minerva City – deyarli 15 000 m²ni tashkil etadi.
Clubhouse – nufuzli turar joy majmuasining funksional qismi.
Sektor A
20 ta minoradan 10 tasidagi qurilish ishlari uy-joylar foydalanishga topshirilganda aholining chakana savdosini ta’minlash va ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan savdo maydonlari qurilishi bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshirilmoqda. Minoralar qurilishning turli bosqichlarida va ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda – ishonchimiz komilki, «A» sektoridagi mijozlarimizga ma’lum muddat berilgandan so‘ng, o‘z majburiyatlarimizni, albatta, bajaramiz. Albatta, turli bloklarning barpo etilishi turli muddatga ega, jumladan, infrastrukturani rivojlantirish, yo‘llar, avtoturargohlar, lanshaft dizayni va boshqalar.
- Toshkentdagi Lake City (100 ga).
Lake City mamlakatning ushbu qismida joylashgan birinchi sun’iy ko‘ldir. Ko‘l bo‘ylab savdo markazi, yo‘llar, ko‘priklar qurish ishlari olib borilmoqda. Sotuv yaqin fursatda e’lon qilinadi.
Biz 4 yirik loyiha bo‘yicha shartnoma imzolaganimizda, uning amalga oshirish muddatini 7-10 yil deb ko‘rsatgan edik va shu kungacha dastlabki sarmoya kiritilgan paytdan boshlab har kunlik sarf-xarajatlarimiz millionlab dollarni tashkil etmoqdi.
Biz yirik loyihalar uzoq muddatli sarmoyalarni talab qilishini tushunamiz va loyihani o‘z vaqtida yoki undan oldinroq ham amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan barchasini qilamiz. Buning uchun biz o‘z sohasining professionallari bilan hamkorlik qilamiz, barcha mumkin bo‘lgan xavflarni hisoblaymiz va chizmalar bosqichidayoq hammasini puxta o‘ylaymiz. Biznesning asosiy prinsipi «bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni minimallashtirish uchun vaqt va pulni yaxshi rejalashtirishga sarflang».
Biz kuchli jamoalarni tuzamiz va shaxsan o‘zim MJ Developers uchun mustahkam baza yaratish maqsadida ular bilan haftada kamida uch marta muloqot qilaman – loyihalar ko‘lamini hisobga olgan holda vaqtimning ko‘p qismini O‘zbekistonda o‘tkazishga harakat qilaman, shuning uchun hatto oilam ham Toshkentda istiqomat qiladi. Biz shu yerdamiz va bu hali boshlanishi, – deydi janob Jalan.
Dunyo bo‘ylab tijorat va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan milliarder janob Jalan o‘zining tarixiy vatani haqida ham unutmaydi. Yaqinda Hindiston jamoatchiligi Jet Airways kompaniyasini Murari Lal Jalan tomonidan sotib olingani haqidagi yangilikdan xabardor bo‘ldi, bu kompaniyani bankrotlik va tugatishdan qutqardi.
Jet Airways – Hindistonning eng qadimgi xususiy aviakompaniyasi va butun dunyo bo‘ylab tan olingan aviatsiya kompaniyalaridan biri. Uning sarmoya portfeliga Jet Airways funksiyasining qo‘shilishi janob Jalan uchun chinakam ajoyib yutuqdir. U, shuningdek, O‘zbekistonda turli sohalarda, jumladan, tog‘-kon sanoati, aviatsiya va moliya sohalarida ham faoliyat yuritishni istaydi.
Murari Lal Jalan hindistonlik bo‘lishiga qaramay, BAAda yashaydi, uning qalbi esa O‘zbekistonda. Butun dunyo bo‘ylab jamiyat hayotini yaxshilashga e’tibor qaratayotganligi va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘z biznesiga ega bo‘lganligi sababli – Jalan janoblarini hech shubhasiz, dunyo fuqarosi, deyish mumkin.
Uning asosiy maqsadi butun dunyoda jamiyat hayotini yaxshilashdir.
Reklama huquqi asosida